Xonqa tumani, va Tuproqqalʼa tuman davlat zaxirasidagi va tomorqa yer maydonlarining sotilishining oldi olindi
- 2022-05-17
Xorazm viloyatida davlat zaxirasidagi va tomorqa yer maydonlarining sotilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Oʼ.M. fuqaro J.ga Xonqa tumani, “Olaja” qishlogʼidagi davlat zaxirasida boʼlgan 4 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun har bir sotixini 25 mln soʼmdan sotishga kelishib, qurilish ishlari boshlaganidan keyin uning nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, 8 700 АQSh dollari va 3 mln soʼmni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, oʼtkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro S.А. fuqaro N.ga Xonqa tumanidagi 15 sotix tomorqa yer maydonining har bir sotixini 15 mln soʼmdan turar joy qurish uchun sotishga kelishib, qurilish ishlarini boshlaganidan keyin hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, 7 900 АQSh dollari va 2,2 mln soʼmni firibgarlik yoʼli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tuproqqalʼa tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.M. boshqa bir fuqaro А.nig ishonchiga kirib, “Yoshlik” mahallasidagi davlat zaxirasida boʼlgan 4 sotix yer maydonini firibgarlik yoʼli bilan sotishga kelishib, qurilish ishlari tugallanganidan keyin uning nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, evaziga 4 700 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.