Urganch tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini oʼrnatgan MChJ aniqlandi

  •  2023-11-21
Urganch tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini oʼrnatgan MChJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Urganch tumanida oʼtkazilgan tezkor tadbirda tumandagi “S.” MChJ rahbari А.А. MChJ binosida 127 ta toʼplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʼiga yashirincha ulab, elektr energiyasida noqonuniy foydalanganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd 61 mln soʼm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.