Yangiariq va Shovot tumanlarida qalbaki aktsiz markali mahsulotlarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

  •  2023-03-30
Yangiariq va Shovot tumanlarida qalbaki aktsiz markali mahsulotlarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.D.” MChJ qarashli savdo shoxobchasida qalbaki aktsiz markali 434 dona alkogolь va 28 quti aktsiz markasiz “Milano” nomli tamaki mahsulotlari sotuvga qoʼyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Shovot tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U.O.” MChJ qarashli savdo shoxobchasida qalbaki aktsiz markali 3 xil turdagi 261 dona alkogolь mahsulotlari sotuvga qoʼyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qogʼozlar yasash, ularni oʼtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.