Bogʻot tuman imtiyozli kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi
- 2023-01-21
Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablagʻlarining talon-toroj qilinishi boʻyicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan oʻz vaqtida qonuniy choralar koʻrilmoqda. Departamentning Bogʻot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “I.T.”, “I.Y” MCHJ rahbari V.F. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, tijorat banki filialidan 5 nafar fuqaro nomiga ularning xabardorligisiz mototransport va boshqa asbob-uskunalar sotib olish uchun 157,8 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.