Minglab koʼchatlarni nobud qilgan va qoʼshib yozgan 29 nafar rahbar javobgarliklikka tortiladi
- 2023-08-05
➖Qoraqalpogʼiston Respublikasida koʼchatlar sugʼorish tizimlari mavjud boʼlmagan hududlarga ekilishi hamda masʼullarning eʼtiborsizligi natijasida jami 333,1 ming tup koʼchatlar nobud boʼlishiga yoʼl qoʼyilgani, bajarilgan ishlar hajmiga elektron platforma orqali amalda ekilmagan jami 136,1 ming tup koʼchatlar hisobotlarga qoʼshib yozilgani aniqlangan.
➖Toshkent viloyati Ohangaron tumanida obodonlashtirish xizmati tomonidan jamoat joylarida 127,5 ming tup koʼchat ekilgani qayd etilgan boʼlsa-da, amalda koʼchatlarning aksariyati (90 foizi) qayta ekish uchun moʼljallangan pitomniklardagi qalamchalar boʼlib, markaziy koʼchalarga ekilgan koʼchatlarning 30 foizi sugʼorilmaganligi va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmaganligi natijasi qurib, oʼsuvchanlik qobiliyatini yoʼqotgan.
➖Sirdaryo viloyatida jami 1355 tup daraxt koʼchatlari, Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida ekilgan 3,5 ming tup koʼchatlarning yarmidan koʼpi qarovsizlik oqibatida nobud boʼlgan.
➖Navoiy viloyati, Uchquduq tumanida 2435 tup amalda ekilmagan koʼchatlar hisobotlarga qoʼshib yozilib, byudjetdan ajratilgan mablagʼlar obodonlashtirish tizimi xodimlari tomonidan oʼzlashtirilgan.