Shavkat Mirziyoyev bugun Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda qilinayotgan 2 ta loyihaga start berdi.
- 2023-11-29
1️⃣ Shirin shahri va Boyovut tumanlarida jami quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining dastlabki bosqichi tarmoqqa ulandi. Bu yerda “Mitsubishi” (Yaponiya) kompaniyasining eng zamonaviy va energiya tejamkor gaz turbinalari o‘rnatilgan.
‼️Bu stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi (yiliga 12 mlrd kW•soat) O‘zbekistondagi barcha aholining qariyb 8 oylik isteʼmolini qoplash imkonini beradi, deyishmoqda.
2️⃣ Toshkent viloyatida yashil vodorod ishlab chiqarish boshlanadi. Loyihada Xitoyning “Longi” kompaniyasi ilg‘or texnologiyalaridan foydalanilyapti.
Ushbu loyiha ishga tushgach, o‘g‘it ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanish qisqaradi va har yili qariyb 33 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi.
2-bosqichda Buxoro viloyatida 8 ta shamol turbinalarini o‘rnatish orqali 52 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasida yashil elektr energiyasini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.