Hazorasp tumani hokimining oʼrinbosari jinoyat ustida ushlandi
- 2022-03-25
Hazorasp tumani hokimining oʼrinbosari jinoyat ustida ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman boʼlimi tomonidan DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Hazorasp tuman hokimining oʼrinbosari U.А. mansab mavqeidan foydalanib “Qirtepa” mahallasi hududida noqonuniy qurilgan turar joy binolarini buzmaslik hamda ushbu mahalladagi tuman xokimligi zaxirasida boʼlgan 18 sotix yer maydonini turar joy qurish uchun ajratib berish evaziga fuqaro I.dan 12 000 АQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.