Shovot tumani "Turkiston" ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning tom qismida davlat dasturiga asosan

  •  2021-11-10
Shovot tumani

🍁⛈KO‘P KVARTIRALI UYLARDA TAʼMIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘gʼrisida”gi PQ-5152-sonli qarori ijrosini taʼminlash, 2021/2022 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, fuqarolarga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatilishini taʼminlash maqsadida, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

📌Xususan, Shovot tumani "Turkiston" ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning tom qismida davlat dasturiga asosan, "Ko‘p xonadonli uylar va issiqlik taʼminoti obʼektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi" DUK buyurtmachiligida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

🖊Maʼlumot uchun: Shovot tumanida 54 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo‘lib, 2017 yilgacha 43 ta, 2017-2021 yillar davomida 11 ta uylar qurilgan. Mazkur uylarga 2 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatib kelmoqda.