Prezident qishga yetarlicha tayyorgarlik koʻrmagan bir nechta rahbarlarni ishdan boʻshatdi.

  •  2023-01-16
Prezident qishga yetarlicha tayyorgarlik koʻrmagan bir nechta rahbarlarni ishdan boʻshatdi.

“Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan oʻtkazayapman”, - dedi davlatimiz rahbari.
Vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayev lavozimidan ozod etildi.
Prezident respublikaning qolgan hududlarida ham ahvol yomonligini tanqid qildi. Ayniqsa, Hazorasp tumani hokimi masʼuliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan hech qanday xulosa chiqarmagani koʻrsatib oʻtildi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati raisi F.Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi.
Energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xodjayev lavozimidan ozod etildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari Mustafoyev, “Uztransgaz” rahbari Normatov va “Oʻzbekneftgaz” rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga  vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.
“Elektr va gaz tarmoqlarida talon-torojlik boʻlganini, tuman hokimlari va sektor rahbarlari, elektr va gaz idoralari boshliqlari bilmasmi-di?”, - deya savol qoʻydi davlat rahbari.
DXX va Bosh prokuraturaga tizimdagi korrupsiyani yoʻq qilish boʻyicha alohida choralar koʻrish topshirildi.