Urganch shahrida noqonuniy elektr energiyasidan foydalangan tadbirkor aniqlandi

  •  2023-11-24
Urganch shahrida noqonuniy elektr energiyasidan foydalangan tadbirkor aniqlandi

"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filiali hamda tegishli tashkilotlar vakillari hamkorligida ayni kunlarda hududlarda elektr energiyasidan noto’g’ri foydalamaslik, noqonuniy harakatlar qilmaslik borasida olib borilayotgan targ’ibot va tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste'molchilar aniqlanmoqda.

Urganch shahrida o'tkazilgan reyd tadbirlari davomida, J.D.ga qarashli oziq-ovqat do'koni ko'zdan kechirilganida, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog'iga ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi va tegishli tartibda guvohlar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Dalolatnomaga asosan qayta xisob-kitob qilish ishlari amalga oshirilib J.D tomonidan jamiyatda 197 mln 721 ming 900 so'm  zarar yetkazganligi aniqlandi.