АYOLLАRGА YANGI IMTIYOZ АYOLLАR DАVLАT HIMOYASIDА
- 2022-02-17
Oʼzbekiston Respublikasining 2022 yil 9 fevraldagi “Fuqarolarning va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida” gi OʼRQ-752-son Qonun qabul qilindi.
Mazkur qonun bilan Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritildi.
Xususan, Mehnat kodeksining 234-moddasi 5-qismida: “bolani parvarishlash taʼtillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda koʼpi bilan 3 yil, shu jumladan mutaxassisligi boʼyicha ish stajiga ham qoʼshiladi” deyilgan edi.
Yaʼni bola parvarishlash taʼtillarining koʼpi bilan 3 yili ish stajiga oʼtar edi, endichi...
Endi esa, ana shu talablar oʼzgardi. 2022 yil 9 fevraldagi “Fuqarolarning va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonunning 2-moddasiga asosan:
➖Mehnat kodeksining 234-moddasi 5-qismidagi “3 yil” degan soʼzlar “6 yil” degan soʼzlarga oʼzgardi.
Bu oʼzgarish, bu Qonun – 10 fevraldan kuchga kirdi.
Endi, ayollarni bola parvarishlash taʼtilida boʼlgan davrining mehnat stajiga oʼtadigan muddati koʼpi bilan 6 yilga oʼzgardi.
Yaʼni, yuqoridagi misol boʼyicha ayol 5 yil bola parvarishlash taʼtilida boʼlgan boʼlsa, avvalgidek 3 yili emas, balki toʼliq 5 yili mehnat stajiga kiritiladigan boʼldi. Oldinda yana 1 yillik “zapas” qolyapti.
Bu esa yana bir bor davlatimiz tomonidan ayollarimizga berilgan eʼtibordir.
Urganch shahar yuridik xizmat koʼrsatish
markazi bosh yuriskonulti
Lola Bekmirzaeva