Sayyor qabulda DXA Xorazm viloyat boshqarmasi, Adliya boshqarmasi,

  •  2022-02-26
Sayyor qabulda DXA Xorazm viloyat boshqarmasi, Adliya boshqarmasi,

Navbatdagi manzil “Madaniyat” mahallasi.

“Madaniyat”- Shovot tumanining eng chekka hududlaridan biri sanalmish, tuman markazidan 22 km uzoqlikda joylashgan, Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh  “Ijtimoiyat” qishlogʻida joylashgan mahalladir. Ushbu maskanda 3  ming ga yaqin  aholi istiqomat qiladi. Mahalla aholisining tadbirkorlik sohasiga qiziqishi juda katta, aynan shu sababli, DXA viloyat boshqarmasining navbatdagi sayyor qabuli ushbu mahalla va “Ijtimoiyat” qishlogʻi hududida joylashgan yana 4 ta mahalla aholisi (13 mingga yaqin) uchun boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda DXA viloyat boshqarmasi, adliya boshqarmasi, tuman DXM, FHDY,  adliya boʻlimi, tuman hokimligi, tibbiyot birlashmasi, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, tuman pensiya jamgʻarmasi, tuman elektr taʼminoti korxonasi maʼsul xodimlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdilar.

Mazkur jarayonda tezkor va sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, mahalla fuqarolaridan davlat xizmatlariga oid 60 ta dan ziyod murojaatlar qabul qilinib, tegishliligi boʻyicha yechim topti.

Tadbir davomida, ishtirokchilarga tegishli huquqiy maslahatlar berildi, shuningdek, ular oʻrtasida davlat xizmatlarini olish madaniyatini, jumladan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga doir koʻnikmalarini shakllantirish borasida “Davlat xizmatlari hamma uchun” shiori ostida taqdimot oʻtkazildi, aholini oilaviy va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan koʻnikmalari ham oshirildi.

Shu bilan birga, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar” ga kiritilgan huquqiy yordam olishga muhtoj boʻlgan fuqarolarga davlat xizmatlari hamda FHDY sohasiga oid maslahat va huquqiy tushuntirishlar berilib, qonunchilikdagi va tizimdagi yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar berildi.