Urganch shahrida markaz direktori ushlandi
- 2022-10-14
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Urganch shahar Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi direktori D.B. fuqaro S.dan 4 nafar fuqaroni 4 mln soʼm pora evaziga vaqtincha ishsizlik roʼyxatiga kiritib, nafaqa puli tayinlab berishini aytib, oldindan 2 mln soʼmni olib, qolgan 2 mln soʼmni ish joyida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.