Oʼzbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yigʼilishida ishtirok etadi.
- 2022-03-28
Prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʼan 29-30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʼladi.
Oliy martabali mehmon tashrif doirasida oliy darajadagi Oʼzbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yigʼilishida ishtirok etadi.
Sammit yakunida Qoʼshma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.