Raxmatullaev Murodbek Ibadullaevich Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
- 2025-03-17

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Raxmatullaev Murodbek Ibadullaevich Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Murodbek Raxmatullaev 1983 yilda Xonqa tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialini tamomlagan. Umumiy amaliyot shifokori, yuqumli kasalliklar shifokori.
Ish faoliyatini Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi kattalar poliklinikasi uchastka terapevt shifokorligidan boshlagan. Xonqa tuman Xorazm QVP mudiri, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining ambulatoriya-poliklinika xizmati bo‘yicha o‘rinbosari, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi sho‘'ba boshlig‘i kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. TTA Urganch filialida klinik ordinaturada tahsil olgan.
42 yoshli mutaxassis tayinlovga qadar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Tibbiy yordamni tashkillashtirish sho‘'basi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.