82 yoshida yoshlarga namuna va o‘rnak bo‘lib kelayotgan Matmurod ota… “Hayotdagi maqsadlar” loyihasida 4-qism
- 2023-06-17
Bugungi qahramonimiz ko‘p yillik mehnati davomida qishloq xo‘jaligi sohalarida mehnat qilib kelayotgan, dehqon, bog‘bon hamda ko‘p yillik hayot tajribasiga ega keksa nuroniy Matmurod Davlatov haqida bo‘ladi. Nafaqaga chiqqan ko‘pchilik keksa onaxon, otoxonlarimiz ishsizlikdan, yolg‘izlikdan bezovtalanishadi.
Ammo, Matmurod Davlatov kabi ulug‘ yoshdagi odamlarning faol hayoti boshqa nafaqaxo‘rlar va yoshlar uchun namuna bo‘lishi mumkin
Matmurod Davlatov Xorazm viloyati Xonqa tumani, qaraqosh qishlog‘ida 1942-yil 31-mart kuni mehnatkash oilasida dunga kelgan. Yoshligida 4 ta maktabda 8 km masofaga qatnab tehsil olgan. 9 nafar farzandning otasi. Dastlabki mehnat faoliyatini 1958-yilda Xonqa tumani “Oltin sohil” jamoa xo‘jaligida tabelchi lavozimida ishlashdan boshlagan Olim agranom. 1970-yilda “Shreyder” nomli ilmiy institutda bog‘dorchilik bo‘yicha tahsil olgan. Shundan so‘ng, qahramonimiz 1970-yilda Toshkent davlat agrar institutini tugatib mehnat faoliyatini Xonqa tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan kalxozda ish faoliyatini boshlagan. 1992-yilgacha turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan va shu davr oralig‘ida bog‘dorchilik bo‘yicha nafaqat tumanda balki butun viloyatda ushbu sohaga asos solgan va 1-o‘ringa olib chiqqan. 1992-yilga kelib jamoa xo‘jaligi raisi lavozimiga saylangan.
2001-yilda nafaqaga chiqib, o‘zining mahallasida oqsoqol qilib saylangan. Shundan keyingi hayotini mahalla, tuman, viloyat yoshlariga o‘rnak bo‘lishga, ularning turmishida bo‘ladigan muammolarini ijobiy hal qilishda uzoq yillik hayoti tarjibalaridan kelib chikib, maslahatlarini berib, 150 dan ortiq yosh oilalarni turmishini saqlab qolishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Bundan tashqari M.Davlatov jamoa xo‘jaligi va tuman rivoji uchun katta hissa qo‘shibgina qolmasdan bog‘dorchilik sohasida ko‘plab shogirtlar chiqargan.
Suhbat jarayonida, “hattoki shunday vaziyatlar bo‘lganki, kelin uyiga ketib o‘tirgan paytida u bilan bog‘lanib suhbat o‘tkazib, uyiga qaytishga rozi qilib, olib kelib yarashtirganman, shu oilalar qaytadan baxtli bo‘lib ketishgan” –deydi ota.
O‘zini oilasi haqida eslar ekan, “otam 2-jaxon urushi davrida urushga ketib bedarak yo‘qolgan, otamni ko‘rish bizga armon bo‘lib qolgan, hozirgi tinchlik davriga shukrona keltiraman” - deya gapirib berdilar.
“Oltin sohil” jamoa xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bo‘lib, asosan, meva, poliz va sabzovot yekinlarini yetishtirish bilan shug‘ullangan.
Matmurod ota Davlatov bilan suhbat qurarkanmiz, suhbatimiz davomida u insonning bosib o‘tgan so‘qmoq yo‘llari bizda juda katta tasurot uyg‘otdi. Tarixdan ham malumki, ayniqsa, urushdan keyingi yillar, sovet ittifoqining sinovli davrlari, paxta siyosati bo‘yicha ko‘ygan talablari, O‘zbekiston aholisini kiyin ahvolga
solib, sodda mehnatkash xalqini qaddini bukib ko‘ygani hech kimga sir emas!
Shogirtlari bilan ish jarayonidan…
Qahramonimizning mehnat faoliyati davomida erishgan yutuqlari
Otadan hayotda erishgan yutuqlari va erisha olmagan orzulari haqida so‘radik:
Davlatov Matmurod ota haqida
“Avvalam bor, menga chiroyli hayot ato qilgan parvardigorga shukronalar qilaman. Umrimni qishloq xo‘jaligi sohasiga baxshida qildim va kam bo‘lmadim. Juda ko‘plab yutiqlarga erishdim, ko‘plab shogirtlar tayyorladim. Hayotimda ko‘plab esda qolarli
voqea-hodisalar bo‘lgan. Misol uchun, menga qadrli bo‘lgan kunlardan biri 1973-yilda “Hurmat belgisi” orderi, 2021-yilda “Mehnat shuhrati” orderi bilan taqdirlanganman. Bir insonga alloh tomonidan beriladigan qancha yaxshilik bo‘lsa meni barchasi bilan siyladi.
Faoliyatim davomida tumanimizda etishtiriladigan nechta turdagi sabzovot va meva turlari bo‘lsa barchasini o‘rganib chiqdim. Hozir ham bog‘imda
20 turdan ortiq meva daraxtlarim bor. O‘zim har kuni tomorqamda ishlashni yaxshi ko‘raman.
Inson harakatdan to‘xtamasligi kerak deb hisoblayman.” –deya so‘zini yakunladi Matmurod ota.
Matmurod otani mahallasidagi yoshu-qari hamma birdek hurmat qilishini undan kelib maslahat olib turishlarini va buning orqasidan kam bo‘lmaganliklarini o‘zimiz guvohi bo‘ldik va tasvirlarga muhrladik.
Davlatov Matmurod ota haqida
Yoshlar o‘rnak olsa arzigulik bu kabi keksalar ko‘payaversin. Albatta, ular o‘z hayot tajribalari bilan yosh avlodga namuna bo‘la oladilar. Matmurod Davlatovga o‘xshagan fidokor keksalarimizning mazmunli umrlarida sog‘lik-omonlik tilab qolamiz!
Davlatov Matmurod ota haqida