Fargʼona viloyati Margʼilon shahrida 6 kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

  •  2024-01-27
Fargʼona viloyati Margʼilon shahrida 6 kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

Qayd etilishicha,  «Vatan» MFYda joylashgan koʼp qavatli uyda yashagan er-xotin N.M. (1967 yilda tugʼilgan) va Z.M. (1970), ularning qizi D.I. (1994), nabiralari S.M. (2019), M.J. (2017) va M.J. (2021) 26 yanvarь kuni tush paytida vafot etgan.

Oʼrganishlarga koʼra, moʼri isitish qozoni (kotyol)dan nostandart holatda tashqariga chiqarilgan, oqibatda polietilendan ishlangan moʼri qizishi sababli kirishgan joyidan chiqib ketgan. Shu tariqa, xonaga is gazi toʼplanib qolgan.