Urganchdagi monitorda pornografik video namoyishiga sababchi boʼlgan fuqaro 13mln soʼm jarimaga tortildi.

  •  2022-05-02

Jinoyat ishlari boʼyicha Urganch shahar sudi tomonidan 1978 yilda tugʼilgan I.I.ga nisbatan maʼmuriy ish koʼrib chiqildi. I.I. xususiy korxonada haydovchi lavozimida ishlab, qoʼshimacha ravishda korxonaga tegishli monitorlarga reklama joylash vazifasini bajarib kelgan. 31 mart kuni I.I. Urganch shahrining Аlь-Xorazmiy va Xonqa koʼchasi chorrahasida oʼrnatilgan reklama monitoriga 20 tadan ortiq videomaterialni joylagan va monitorda pornografik mazmundagi video namoyish etilishiga sababchi boʼlgan.

I.I. Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 189-moddasida koʼrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari(13 mln. 500 ming soʼm) miqdorida jarimaga tortildi. Videomateriallarni monitorga joylashda foydalanilgan mobil telefon va simsiz internet tarmogʼiga ulanish apparati davlat foydasiga musodara qilindi.