Xorazmda bolaning voyaga yetgunga qadar boʼlgan 156 mln. soʼm aliment pullari bir yoʼla toʼlab berildi
- 2023-11-02
Konstitutsiyamizning 77-moddasiga asosan, ota-onalar va ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar oʼz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʼlom, toʼlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʼamxoʼrlik qilishga majburdirlar.
Byuroning Xiva shahar boʼlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʼyicha Bogʼot tumanlararo sudining 16.08.2017 yildagi qarzdor R.Karimovdan bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun har oydagi daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish koʼrsatilgan ijro hujjati kelib tushgan.
Keyinchalik ushbu sudning 04.07.2023 yildagi hal qiluv qaroriga asosan, aliment toʼlovlari 1/6 qismga kamaytirilgan.
Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ijro ishi boʼyicha qarzdor R.Karimov tomonidan belgilangan aliment pullari ixtiyoriy ravishda oyma-oy toʼliq toʼlab kelingan.
20.10.2023 yilda qarzdor farzandi voyaga yetgunga qadar toʼlanishi lozim boʼlgan aliment pullarini oldindan toʼlash istagini bildirib, 2032 yilga qadar boʼlgan jami 156,7 mln. soʼm aliment toʼlovlarini amalga oshirganganligi sababli, ijro ishi amalda tamomlandi.