OAV va jamoatçilik vakillari nomidan MUROJAATNOMA

  •  2026-11-24
OAV va jamoatçilik vakillari nomidan MUROJAATNOMA

Bugungi kunda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan hududni har tomonlama rivojlantiriş, aholi farovonligini oşiriş hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etiş borasida tizimli va salmoqli işlar olib borilayotganini e’tirof etamiz.

Ma’lumki, jamiyatda oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka xolis yetkazişda ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarning örni beqiyos. Qolaversa, aholini öylantirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan bevosita birinçi manbadan aniq javob oliş ijtimoiy tarmoqlardagi turli asossiz talqin va miş-mişlarning oldini olişga xizmat qiladi.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, “1gap.uz” tahririyati Sizdan viloyat rahbariyati hamda tegişli boşqarma-taşkilotlar mas’ullari iştirokida oçiq matbuot anjumani taşkil etişingizni va viloyatdagi barça OAV hamda blogerlar iştirokini sörab qoladi.

Uşbu muloqot maydoni hududdagi ustuvor loyihalar, dolzarb masalalar yeçimi va kelgusi rejalar haqida xalqimizga töğridan-töğri, işonçli axborot yetkazişda muhim qadam bölişiga işonamiz.

Ijobiy munosabatingizni kutib qolamiz.
Hurmat bilan,
“1gap.uz” tahririyati