Xorazm zaminining noyob merosi 

  •  2026-04-29
Xorazm zaminining noyob merosi 

Xorazm zaminining noyob merosi aynan bahorda o‘zgacha jilvalanadi. Bu esa Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalari dizaynerlari, fotosuratchilari hamda aktyorlarini befarq qoldirmadi. "Zamin" fondi Vasiylik kengashi a’zolari tabiat uyg‘onishi va yangilikni bosh g‘oya sifatida olgan "Bahor bilan hamnafas" festivalining faol ishtirokchilariga aylandi.

Yosh dizaynerlar Hamid Olimjon she’riyatidan ilhomlanib yaratilgan yorqin liboslar to‘plamini namoyish etdi. Fotosuratchilar esa yangilikning paydo bo‘lish lahzasini tadqiq etishga bag‘ishlangan "Ibtido" nomli ajoyib oq-qora ko‘rgazmani yarata oldi. Aktyorlar bo‘lsa barchaga milliy raqs va zamonaviy xoreografiya muhitini hadya etdi.