Toshkent shahri va Xorazm viloyatida yer maydonlarini sotmoqchi boʼlgan firibgarlar ushlandi
- 2022-01-27
Toshkent shahri va Xorazm viloyatida yer maydonlarini sotmoqchi boʼlgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Olmazor tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.D. va boshqalar fuqaro O.ning ishonchiga kirib, unga Yuqorichirchiq tumanidagi “S.” bogʼdorchilik shirkatiga qarashli 30 sotix yer maydonini firibgarlik yoʼli bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 7 000 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.B. fuqaro Q.А. tomonidan Xonqa tumanida tomorqa yer sifatida foydalanib kelinayotgan 10 sotix zaxira yer maydonida noturar bino qurish hamda yer maydonini sotishga tanishlari yordamida ruxsat olib berish evaziga 5 000 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.