"Xonqa Diyor" xususiy korxonasi bilan tanishdik

  •  2023-11-02

Xorazm viloyati Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va Oʼzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati boʼlimi hamkorligida “Ishlab chiqarish obʼektlarida sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishning nazoratini tashkil qilish” mavzusida media-tur tashkil etildi.

Unda bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar viloyatning 3 tumanidagi 82 ta maktabning 26 ming boshlangʼich sinf oʼquvchilariga nonushta yetkazib beradigan "Xonqa Diyor" xususiy korxonasida boʼlib, ishlab chiqarish jarayonlari, sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinishi holati bilan yaqindan tanishdilar. 

Tadbirda mutaxassislar tomonidan mulkchilikniing shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxona, muassasa, tashkilotlar va alohida shaxslar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga rioya etishlari lozimligi taʼkidlandi.

Ochiq muloqot va savol-javob asosida oʼtgan media-turda ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan masalalar boʼyicha maʼlumotlarga ega boʼlishdi.