Haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

  •  2024-01-10
Haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.А. fuqaro F.G.ga goʼyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 АQSh dollari va 1,2 mln soʼmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.N. fuqaro M.R.ni goʼyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʼlib oʼtadigan imtihondan oʼtkazib qoʼyishi evaziga 7 mln soʼmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasining (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda