“Made in Russia” innovatsion echimlari “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasida

  •  2023-05-16
“Made in Russia” innovatsion echimlari “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasida

Rossiya kompaniyalari “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yillik xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasida “Made in Russia” brendi ostida innovatsion echimlarni taqdim etadi. Mazkur ko’rgazma joriy yilningl 18–20-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”  milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

 
Нефть и Газ Узбекистана - OGU 2023 (ogu-madeinrussia.com)

“Made in Russia” ekspozitsiyasida neft-gaz sanoatining ilg‘or ishlanmalari va texnologiyalari namoyish etiladi. Bu esa o’z ornidz rossiyalik ishlab chiqaruvchilar yuqori texnologiyali innovatsiyalar va sinovdan o‘tgan tajribalarni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirganini yana bir bor namoyish etadi. Rossiyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan va xalqaro maydonda faol ravishda o'z ishtirokini kengaytirayotgan 44 ta kompaniya mazkur ko’rgazmada o'z mahsulotlarini namoyish etadi

Eksponatar orasida metan sizib chiqishini aniqlash uskunalari, rezbali ulanishlar sifatini nazorat va qayd qikish innovatsion uskunalar, laboratoriya tekshiruvlari uchun mikrosuyuq platforma, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini neyron tarmoqlarini optimallashtirish va neft qazib olish samaradorligini oshirish texnologiyasi ko’rgazmada namoyish etiladi

OGU 2023 ko‘rgazmasi doirasida ishtirokchilar kelajak hamkorlar, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar yoqilg‘i-energetika kompleksi rahbarlari va mutaxassislari bilan bir qator biznes uchrashuvlar o‘tkazadilar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladilar. Rossiya kompaniyalari vakillari o‘z mahsulotlarini taqdim etgan holda tajriba va ilg‘or hamkorlik amaliyotlari bilan o‘rtoqlashadilar, neft va gaz sanoatini xavfsizroq va ekologik jihatdan qulayroq qilish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Нефть и Газ Узбекистана - OGU 2023 (ogu-madeinrussia.com)

"O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasi neft va gaz sanoatini rivojlantirish va turli mamlakat kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun asosiy platforma hisoblanadi. Unda 16 davlatdan 7000 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Ko’rgazmani O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining rasmiy ko‘magida Iteca Exhibitions kompaniyasi tashkil etmoqda. 

*«Made in Russia» brendi Rossiyaning milliy brend bo'lib, o’z nomi ostida Rossiya kompaniyalarining xalqaro ko'rgazmalar va biznes missiyalarida ishtirokini ta’minlaydi. Brend mahalliy mahsulotlar, xizmatlar, ishlab chiqaruvchilarning loyihalari, ichki hamda xalqaro bozorlarda tan olinishini oshirishga yordam beradi. Rossiya kompaniyalari aynan “Made in Russia” brendi ostida Toshkentda boʻlib oʻtadigan OGU-2023 25-xalqaro koʻrgazmasida neft-gaz sohasida oʻz texnologiyalari va ishlanmalarini taqdim etadi

Нефть и Газ Узбекистана - OGU 2023 (ogu-madeinrussia.com)

OGU – bu neft va gaz sanoati mutaxassislari, yetakchi ekspertlar, tegishli davlat organlari vakillari, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni bir joyda jamlovchi O‘zbekistondagi eng yirik yillik ko‘rgazmasii. OGU har yili neft-gaz sanoatidagi dolzarb muammolar va masalalarga zamonaviy yechimlarni taqdim etadi. Mazkur ko‘rgazma tegishli idoralar va xalqaro neft-gaz kompaniyalari vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmi hisoblanadi.