Аholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan koʼmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

  •  2023-11-29
Аholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan koʼmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gurlan, Xonqa, Qarshi, Xatirchi va Ellikqalʼa tuman boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Koʼmir taʼminot” MChJning ushbu tumanlar koʼmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan jami 903,4 tonna koʼmirni imtiyozli narxda sotilganligi toʼgʼrisida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, amalda ushbu koʼmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʼzlashtirish yoʼli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.