Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani

  •  2022-02-11
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani

3 ta hududda tadbirkorlarning mulkini oʼzlashtirgan moddiy javobgar shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʼlimi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “R.A.” MChJ kassiri J.F. oʼziga ishonib topshirilgan aviabilet va turizm yoʼllanmalari savdosidan tushgan 1,2 mlrd soʼmni oʼzlashtirish yoʼli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoʼshkoʼpir tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.” MChJning sobiq rahbari R.S. MChJning yagona taʼsischisi hisoblangan “X.А.” MChJning jami 421,1 mln soʼmlik (53 bosh chorva moli va qishloq xoʼjaligi uskunalari) mulkini oʼzlashtirish yoʼli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Nukus shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.A.” MChJning moddiy javobgar shaxslari oʼzlariga ishonib topshirilgan 200 mln soʼmlik maishiy texnikalarni oʼz manfaatlari yoʼlida ishlatib, oʼzlashtirish yoʼli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.