Oʻzbekistonda OTB bilan hamkorlikda umumiy qiymati $3 mlrd.dan ziyod loyihalar ishlab chiqilmoqda
- 2025-11-18
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev va OTB prezidenti Masato Kando uchrashuvida maʼlum qilindi.
Loyihalar “yashil” energetika, transport, raqamli transformatsiya, taʼlim va boshqa sohalarga oid.
Shuningdek, OTB Boshqaruv kengashining 2026-yil may oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan yillik yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.