Haj-2026: O‘zbekiston aeroportlaridan 15 mingdan ortiq ziyoratchi kuzatiladi
- 2026-05-04
Joriy yilning 2-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:10 da Toshkent xalqaro aeroportidan Madina shahriga dastlabki ziyoratchilar guruhi parvoz qildi. Ushbu reys bilan “Haj-2026” mavsumining tantanali ochilishi amalga oshirildi.
Tasdiqlangan dasturga ko‘ra, joriy mavsumda mamlakatimizning 9 ta hududiy aeroportidan jami 70 ta maxsus aviareys amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur parvozlar orqali jami 15 130 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchining muqaddas qadamjolarga yetib borishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, mamlakatimizning hududiy aeroportlaridan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar tashkil etiladi:
Namangandan — 7 ta reys (1 890 ziyoratchi);
Andijondan — 10 ta reys (1 725 ziyoratchi);
Farg‘onadan — 10 ta reys (1 710 ziyoratchi);
Buxorodan — 3 ta reys (1 078 ziyoratchi);
Samarqanddan — 3 ta reys (900 ziyoratchi);
Termizdan — 5 ta reys (882 ziyoratchi);
Qarshidan — 5 ta reys (833 ziyoratchi);
Urganchdan — 4 ta reys (720 ziyoratchi).
Barcha aviaparvozlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent — Madina yo‘nalishi bo‘yicha bajariladi.
Ziyoratchilarning aeroportlarga kelishi, ro‘yxatdan o‘tish va bojxona ko‘rigidan o‘tish jarayonlari uyushgan holda, tartibli tashkil etilmoqda. Yo‘lovchilar uchun kutish zallarida barcha zarur sharoitlar, jumladan, dam olish joylari va ichimliklar tayyorlab qo‘yilgan.