Xorazm viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasida sport anjomlari qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlandi
- 2022-05-12
Xorazm viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasida sport anjomlari qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining moddiy javobgar shaxslari tomonidan 7 ta xoʼjalik yurituvchi subʼektlardan 29 turdagi sport anjomlari Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi Qonuni talablariga zid ravishda haqiqiy bahosidan 475 mln soʼmga qimmat narxlarda sotib olinganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʼp miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.