Yangibozor tuman elektr taʼminoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi
- 2021-11-26
Yangibozor tuman elektr taʼminoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi
”Xorazm elektr tarmoqlari korxonasi" aktsiyadorlik jamiyati tomonidan shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi masʼullari, "Hududiy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyati tarkibiy korxonalari matbuot kotiblari, tuman mutasaddi korxona va tashkilotlar vakillari, ishchi-xodimlar hamda OАV xodimlari ishtirok etdi.
Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari Xorazm viloyatida ham yangilanishlar, oʼzgarishlarga asos yaratib bermoqda. Hududda koʼplab yirik ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Tuman elektr ta'minoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirilishi ham tizimda keng koʼlamli ishlar olib borilayotganidan dalolat bermoqda. Yangi majmuada yaratilgan sharoit, mavjud texnik va texnologik uskunalar imkoniyati, qolaversa muhandis-texnik va ishchi-xodimlar, korxona mutaxassislarini oʼqitish, operativ-dispetcherlik xizmati tomonidan amalga oshiriladigan energiya taʼminotining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, maʼnaviyat va maʼrifat kabi xonalar ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, isteьmolchilar qulayligi uchun ularni qabul qilish xonasi, kassa xizmatlari va boshqa xizmat turlar mavjud.
Bunday oʼzgarishlar va yangilanishlarning asosiy maqsadi, albatta, elektr energiyasi isteʼmolchilariga qulaylik yaratish bilan bir qatorda, ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratishdir.