Shavkat Mirziyoev va Serdar Berdimuhamedov Qoʼshma bayonot imzoladilar.

  •  2022-07-14
Shavkat Mirziyoev va Serdar Berdimuhamedov Qoʼshma bayonot imzoladilar.

Shavkat Mirziyoev va Serdar Berdimuhamedov Qoʼshma bayonot imzoladilar.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari tomonidan bitimlar imzolandi. Jami 19 ta hujjatga imzo chekildi, shular jumlasidan:

➖ Transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʼgʼrisida bitim;
➖ Turizm sohasidagi hamkorlik toʼgʼrisida bitim;
➖ Аmudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish toʼgʼrisida bitim;
➖ Tashabbusli ilmiy-tadqiqot loyihalarining qoʼshma tanlovini oʼtkazish toʼgʼrisida bitim;
➖ 2022-2025 yillarga moʼljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturi;
➖ 2022-2024 yillarga moʼljallangan ilmiy-texnik hamkorlik toʼgʼrisida dastur;
➖ 2023-2024 yillarga moʼljallangan tashqi ishlar vazirliklari oʼrtasidagi hamkorlik dasturi;
➖ Oʼzbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi – Savdo markazini tashkil etish va faoliyatini tartibga solish toʼgʼrisidagi Hukumatlararo bitim qoidalarining amaliy ijrosini taʼminlash boʼyicha chora-tadbirlar rejasi.

Shuningdek, kimyo tarmogʼi, bojxona, temir yoʼllar, muzeylar, adliya, yoshlarga doir siyosat, teleradioeshittirish va boshqa sohalardagi hamkorlik yuzasidan qator hujjatlar imzolandi.

Serdar Berdimuhamedov “Koʼksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.