Tuproqqalʼa tuman va Hazorasp tuman firibgarlik holatlari aniqlandi

  •  2022-05-06
Tuproqqalʼa tuman va Hazorasp tuman firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning 


Tuproqqalʼa tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.S. boshqa bir fuqaro I.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 6 sotix yer maydoni oʼziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini uy-joy qurish uchun 8 700 АQSh dollariga sotishga kelishib, uy-joy qurilganidan keyin hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib 8 500 АQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hazorasp tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar G.R. va S.B.lar boshqa bir fuqaro M.ga turar joy qurish uchun Yangibozor qishlogʼi hududidan tuman hokimligi zaxirasidan 4 sotix yer uchastkasini sotib olib berish evaziga 2 500 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.