Oʼ.Masharipov ushbu sexda boʼlib, tadbirkor faoliyati bilan tanishdi va muammolari borasida soʼraganda tadbirkor sexni yanada kengaytirib, chinni ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish istagi borligini bildirdi.

  •  2022-07-30
Oʼ.Masharipov ushbu sexda boʼlib, tadbirkor faoliyati bilan tanishdi va muammolari borasida soʼraganda tadbirkor sexni yanada kengaytirib, chinni ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish istagi borligini bildirdi.

Chinni buyumlarini tumanga keltirib sotish bilan shugʼullangan Poʼlat Saidov chinni ishlab chiqarish va chinnilarga turli naqshlar berish jarayonlariga qiziqib, oʼrganadi. Tumanda chinni ishlab chiqarish va ishlov berish korxonasini tashkil etishni maqsad qildi. 
Chinni buyumlariga turli dizaynlarda naqshlar bilan ishlov berish va ularni pishirish uchun zurur boʼlgan uskunalarni keltirib, chinni sexini ochdi.
Hozirda bu yerda choynak, piyola, qanddon va shu kabi 10 turga yaqin chinni buyumlariga bezaklar berilib, bejirim tayyor mahsulotlar qadoqlanib, ichki bozorga chiqarilmoqda.
Bundan tashqari sexda chinni buyumlariga buyurtma asosida ismlar, tugʼilgan kun tilaklari ham tushirib berilmoqda. Sexda hozirda 15 nafar yoshlar faoliyat yuritmoqda. 
Bugun tuman hokimi Oʼ.Masharipov ushbu sexda boʼlib, tadbirkor faoliyati bilan tanishdi va muammolari borasida soʼraganda tadbirkor sexni yanada kengaytirib, chinni ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish istagi borligini bildirdi.
 
Hazorasp tuman hokimligi Matbuot xizmati.