Urganch va Xiva tumanlarida firibgarlik holatlari aniqlandi.

  •  2023-07-17
Urganch va Xiva tumanlarida firibgarlik holatlari aniqlandi.

Urganch shahri, Namangan ko‘chasida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan shahs 2021-yil 26-dekabr kuni Urganch tumanida Jayhun mahallasi hududida joylashgan avtomashina bozorida Xonqa tumanida Istiqlol mahallasida yashovchi fuqaroni ishonchiga kirib bankda garovda turgan Spark rusumli avtomashinani jami 6500$ ga sotib shu kungacha avtomashinani nomiga o‘tkazib bermasdan yoki pullarni qaytarib bermasdan ushbu pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

▪️Xiva tumani, Gandimyon qishlog‘ida yashovchi 1989-yilda tug‘ulgan shahs 2022-yilning aprel oyida 2 nafar fuqarolarga Urganch shahar Temiryo‘lchi mahallasidan turar joy qurish uchun 600.m.kv yer maydonini 50.000$ ga sotishini aytib 1000$ va 3mln so‘m pullarini olib ushbu pullarni o‘zining shahsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Yuqorida keltirilgan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilmoqda.