Yosh tadbirkor “SushiMir” asoschisi Mirzobek bilan suhbat. “Hayotdagi maqsadlar” loyihasida 3-qism

  •  2023-06-18
Yosh tadbirkor “SushiMir” asoschisi Mirzobek bilan suhbat. “Hayotdagi maqsadlar” loyihasida 3-qism

O’zbekistonda (SushiMir) yapon oshxonalari.

Bugun, Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan “SushiMir” restoranining asoschisi yosh tadbirkor Mirzobek Raximberganovning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdik.

SushiMir restorani (Urgench 2023yil)

Mirzobek Raximberganov (dosye) Mirzobek Raximberganov 1998-yil 5-noyabrda Urganch tumanida tug‘ilgan. Maktab davrlarida quvnoq bola bo‘lgan Mirzobek 2016-yilda maktabni tugatdi.

“Yoshligimda katta bo‘lsang kim bo‘lasan deb so‘rashganida doim diplomat bo‘laman deb javob berardim” deb aytib o‘tdi qahramonimiz. Oshpazlik faoliyati bo‘yicha 7 yillik tajribaga ega bo‘lgan yosh tadbirkor o‘z faoliyati davomida o‘zbek, xitoy, turk, evropa mamlakatlarining milliy taomlari va kokteyllarni tayyorlashni yaxshi o‘zlashtira olgan.

Mirzobek Raximberganov (yosh tadbirkor)

(SushiMir)ning o‘ziga xos ajralib turuvchi xususiyati restoranning interyeri judayam noan’anaviy tarzda bezatilgan, ixcham hamda shinamligining guvohi bo‘ldik. Bu albatta, 

Faoliyatning boshlanishi

Mirzobekning o‘zidan bu kasbga qiziqishi qanday paydo bo‘lganini so‘raganimizda, bizga shunday javob berdilar:

“Men boshlang’ich ta’limni tugatgach, oshpazlik kasbiga qiziqib turli oshpazlarga shogirdlikka tushib o‘rgana boshladim va ishdan bo‘sh paytlarim oshpazlik bo‘yicha tahsil oldim. Keyinchalik  Rossiyaning “Sankt-Peterburg” shahrida 7-yil davomida Yapon va Kares restoranlarida oshpaz bo‘lib ishladim. O‘z faoliyatim davomida ko‘plab davlatlarini milliy taomlari, urf-odatlari, ananalari, madaniyati o‘rgandim. Mening yillar davomida to‘plangan tajribalarim, o‘z shaxsiy restoranimni ochishga bo‘lgan qiziqishimni oshirdi.

Kundan-kunga men o‘z restoranim va meni taomlarimni sevib istemol qiluvchi mijozlarim haqida o‘ylay boshladim. Boshlanishiga Restoran ochish, joy tanlash hamda mablag‘da ko‘plab qiyinchiliklarga yuz kelsamda, harakatdan, umid qilishdan to‘xtamadim. Nihoyat men o‘z idealimdagi, yapon milliyligini o‘zida har tomonlama aks ettiruvchi shaklga ega joyni topdim. Yaqin yillarda yana bitta (SushiMir) restoranning filiallarini ochish isatgim bor” deya javob berdi.

“Yaqinda mijozlarga qulaylik tug‘dirish maqsadida bepul dostavka xizmatini ham yo‘lga qo‘ydim” Qiziqarli fakt

Mirzobek Raximberganov (yosh tadbirkor)

Eng qimmat sushu va rollarni Yaponiyada 3000-3500$ ga harid qilish mumkin.

 

Narxi eng qimmat sushini faqatgina uning tarixiy vatanida buyurtma qilish mumkin. U “o’yinga tushayotgan okun” deb atalishi bu bejiz emas, axir ishtaha bag’ishlovchi sushilar likopchada harakatlana oladilar. Okun balig’ining bo’laklari qaynoq suvga botirib shu zahotiyoq stolga taqdim qilinadi, shuning uchun ham ular likopda qimirlay boshlashadi.

Mirzobekning odatdagi ish kuni

Mirzobek bilan kun davomida birga yurar ekanmiz, uning o‘z ishini sevib bajarishiga yana bir karra amin bo‘ldik. U ertalabdan ishga birinchi bo‘lib o‘zi keladi. Ishni tozalikdan boshlashi restoran va taomlarni sifatli ekanligini belgisi, albatta! Keyingi navbatda barcha muddatli mahsulotlarni tekshirib chiqadi va yangi mahsulotlar olish uchun bir muddat bozorga chiqib keladi ekan, haridni amalga oshirish jarayonini kuzatish maqsadida u bilan bozorga ham birga borib keldik. Narxidan qat’iy nazar eng sifatli maxsulotlar! Keyin ishxonada ishchilar bilan birgalikda “biznes lanch” ga tayyorgarlik jarayonlari boshlanib ketdi. O‘zimiz ham Mirzobekning qo‘lidan tushlik tanovul qildik, bu juda ajoyib va esda qolarli tushlik bo‘ldi. Bu restoranda “Lanch” vaqti tugagandan keyin asosiy ish boshlanar ekan desam adashmagan bo‘laman. Chunki, endi kechki paytga restoranga asosan doimiy mijozlar va hordiq chiqarishga kelgan mijozlar to‘planisha boshladi. Bu paytda Mirzobek goh barda barmenga salqin ichimliklar tayyorlashda yordam berar, goh sushibarda sushistga yordamlashar gohida esa ikkinchi taomlar tayyorlanadigan kuxniyaga o‘tib WOK tayyorlar edi. Undagi ishlashga bo‘lgan energiyani ko‘rib lol qolishdan boshqa ilojimiz qolmadi. Soat deyarli 23:00 bo‘lganida ish vaqti tugayotganini sezganday mijozlar ham ishchilar ham ancha tinchib qoldilar. Bu paytda Mirzobek endi ertaga ertalabdan kerak bo‘ladigan maxsulotlarni hisoblab boshladi. Yarim soat o‘tib ishchilarga ish vaqti tugaganini e’lon qildi. 

Mirzobek Raximberganov (yosh tadbirkor)