Xonqada ayol kishi 10 yoshli bolaga jarohat yetkazdi: IIB haligacha chora ko‘rmayaptimi?
- 2026-08-29
O‘zbekiston Respublikasi Bolalar ombudsmaniga
Murojaat
Xorazm viloyati, Xonqa tumanida yashovchi fuqaro D.R.dan
Voyaga yetmagan farzandimga tan jarohati yetkazilganligi va Xonqa tumani IIB tomonidan surushtiruv ishlari paysaalga solinayotgandek
Hurmatli Bolalar omudsmani!
Sizga ushbu murojaatim orqali voyaga yetmagan farzandimning buzilgan huquq va manfaatlarini himoya qilishingizni hamda amaliy yordam berishingizni so‘rab murojaat qilmoqdaman.
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi yon qo‘shnim bilan muqaddam kelishmovchiliklar mavjud edi. Shu yilning 20-may kuni ushbu kelishmovchilik oqibatida qo‘shnilarimiz bo‘lgan uch nafar ayol biz bilan janjallashib, bizga nisbatan jismoniy kuch ishlatishni boshladi.
Janjal davomida qo‘shni ayollardan biri qo‘lidagi kurak (lapatka) bilan qasddan foydalanib, 10 yoshli voyaga yetmagan farzandimga tan jarohati yetkazdi.
Ushbu noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan zudlik bilan Xonqa tumani IIBga rasmiy ravishda yozma ariza bilan murojaat qilganman. Shuningdek, hodisa yuzasidan «1gap.uz» ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham videoko‘rinishda murojaat e’lon qilganmiz.
Afsuski, 2026-yilning may oyidan buyon o‘tgan vaqt mobaynida Xonqa tumani IIB tomonidan surushtiruv va tekshiruv ishlari paysalga solinayotgandek , masalaga qonuniy baho berilmay kelinmoqda va ushbu murojaat Bolalar ombudsmaniga ham yo‘naltirilmagan. Masala haligacha yechimsiz qolib, surushtiruv ishlari cho‘zib kelinmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizdan:
Voyaga yetmagan 10 yoshli farzandimga nisbatan qasddan tan jarohati yetkazilganligi holati yuzasidan Xonqa tumani IIB tomonidan olib borilayotgan surushtiruv ishlarini shaxsiy nazoratingizga olishingizni;
Bola huquqlari hamda salomatligiga yetkazilgan zarar bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlashingizni;
Voyaga yetmagan farzandimning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘rayman.