Yangibozor tumanida tadbirkorning 197,8 mln soʼmini qoʼlga kiritgan mudirning kirdikorlari fosh etildi
- 2021-12-25
Yangibozor tumanida tadbirkorning 197,8 mln soʼmini qoʼlga kiritgan mudirning kirdikorlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangibozor tuman boʼlimi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.D.” MChJga qarashli markaziy dorixona sobiq mudiri B.X. dori-darmonlar sotuvidan tushgan 197,8 mln soʼmni oʼzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.