Bo’lajak jurnalistlarga iqlim o‘zgarishi masalalarida.

  •  2022-05-04
Bo’lajak jurnalistlarga iqlim o‘zgarishi masalalarida.

Bo’lajak jurnalistlarga iqlim o‘zgarishi masalalarida.

Toshkent, 2022-yil 27-aprel – Iqlim o'zgarishining ta'sirini samarali hal qilish barcha jamoat a'zolarining javobgarligi va ishtirokini talab qiladi, ammo bu ko’p xolatlarda ommaviy axborot vositalaridagi tarqaladigan noto'g'ri ma’lumotlar va inkor etish dunyoqarashlari tufayli amalga oshmay qoladi.

Bo'lajak jurnalistlar iqlim o'zgarishi faktlari va qirralarini va uning oqibatlarini tushunishlarini ta'minlash uchun BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot vazirligi (FCDO) bilan birgalikda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalarining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ekspertlar bilan uchrashuvini tashkil qildi.

Tadbir “Tanqidiy fikrlash va faktcheking” mavzusida ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi. Tashkilotchilar o‘z oldilariga talabalarni iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolar va ularning insoniyat uchun oqibatlari bilan tanishtirish vazifasini qo‘ydilar.

“Oxirgi bir necha yillarda mediamakonda iqlim oʻzgarishi fan tomonidan tasdiqlanmagan, degan yolgʻon daʼvolarni oʻz ichiga olgan va  to'siqsiz aylanayotgan postlar va maqolalar soni koʻpaydi. Bunday materiallarning mualliflari tinglovchilarning tanqidiy fikrlash darajasi yetarli emasligidan foydalanishadi. Shu sababli, jurnalist-talabalar yolgʻonlarni fosh qilish va ma'lumotni tog'ri taqdim etish uchun iqlim ozgarishi jarayonlari va ularning oqibatlaridan xabardor bo'lishlari muhim", – dedi universitet o‘qituvchisi, jurnalist Lola Islamova.

1950-yillardan beri  ko'plab misli ko'rilmagan iqlim o'zgarishlari va uning oqibatlari kuzatilmoqda. Atmosfera isishi va okeanlar harorati ko'tarilishi sodir bo'ldi, qor va muzlar zaxiralari kamaydi, issiqxona gazlari chiqindilari ko'paydi. Butunjahon meteorologiya tashkiloti (BMT) ma'lumotlariga ko'ra, 2014-yildan beri har bir keyingi yil rekord darajadagi eng issiq yil,deb e'lon qilingan. O'tgan asr davomidagi atmosfera tarkibining o'zgarishi atrof-muhitga antropogen ta'sirning oqibati bo'lgan issiqxona gazlari konsentratsiyasining tez o'sishidan dalolat beradi.

"Keng auditoriyaga taqdim etiladigan ma'lumotlarning sifati jurnalistlarga bog'liq. Mening oldimda iqlim o'zgarishi haqida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda oddiy shaklda so'zlab berish va auditoriyani qiziqtirish kabi qiyin vazifa turgan edi", - deydi BMTTD loyihasining iqlim o'zgarishi bo'yicha eksperti Lyudmila Shartakova.

Jurnalistika universiteti 1-bosqich talabasi Aliya Abdugaliyeva uchrashuv haqidagi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, shunday dedi: "Men qoraqalpog'istonlikman va iqlim o'zgarishi insonlar hayotiga qanday ta'sir qilishini bevosita bilaman. O'zbekiston BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha Doiraviy konvensiyasining Parij bitimini imzolagani va ratifikatsiya qilganini, unda issiqxona chiqindilarini kamaytirish haqidagi muhim bandlar bilan bir qatorda, ta’lim, xodimlarni tayyorlash, axborotlashtirishga ko‘proq e’tibor qaratish zarurligi haqida fikrlar mavjud ekanligini bilishdan xursand bo'ldim. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga o‘z hissamni qo‘shishga qat'iy qaror qilganman”.

Talabalarning iqlim bo‘yicha ekspertlar bilan uchrashuvi BMTTDning O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmatlari markazi (O‘zgidromet) bilan hamkorlikda va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot vazirligi (FCDO)ning moliyaviy ko’magida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha siyosiy harakatlar – II bosqich” loyihasi doirasida tashkil etildi.