Moskva-Toshkent samolyot reysida yoʼlovchi vafot etdi
- 2023-10-06
Moskva-Toshkent reysini amalga oshirayotgan samolyot Urganchga shoshilinch qoʼndi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva-Toshkent reysini amalga oshirayotgan HY-604 samolyoti Urganch aeroportida favqulodda qoʼnishni amalga oshirdi. Bortida 236 yoʼlovchi boʼlgan Boeing 787 samolyoti ekipaji yoʼlovchilardan birining sogʼligʼi yomonlashgani sababli zaxira aerodromga uchishga qaror qildi.
Toshkent vaqti bilan 16:59 da samolyot Urganch aeroportiga qoʼndi. Yoʼlovchi 1978 yilda tugʼilgan erkak - samolyot bortida vafot etgan. Soat 18:48 da samolyot Urganchdan Toshkentga uchdi.