Yangibozorda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi
- 2025-09-25

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangibozor tumani bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “J.S.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi J.Y. fuqaro fuqaro X.R.ga shifokor reseptisiz 150 dona tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan “Benzonal” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 510 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.