Xonqa markaziga ekilgan gullar: Budjetdan qancha mablagʻ sarflandi? (Rasmiy soʻrovnoma) yo'lladik
- 2026-10-12
Ushbu so‘rovnoma orqali sizga shuni yozib bildiramizki, Xonqa markaziga ekilgan gullar: Budjetdan qancha mablagʻ sarflandi?
Xonqa tumani markazi va asosiy koʻchalarini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari doirasida joylashtirilgan gullar xaridi va ularga sarflangan mablagʻlar jamoatchilik va OAV eʼtiborida.
Aholi va jurnalistlar tomonidan tuman hududiga ekilayotgan gullarning moliyalashtirish manbasi hamda ularning xarid narxlari shaffofligi borasida haqli savollar,tugʻilmoqda.
Shu munosabat bilan, tahririyatimiz tomonidan Xonqa tuman hokimligi hamda tegishli obodonlashtirish xizmatlariga rasmiy jurnalistik soʻrov yuborildi.
Soʻrovda quyidagi asosiy masalalarga oydinlik kiritish soʻralgan:
Moliya manbasi: Gullar xaridi mahalliy budjet yoki boshqa manbalar hisobidan amalga,oshirilganmi?
Xarid narxi: Bir dona gul koʻchatining narxi qancha va umumiy hisobda qancha mablagʻ sarflangan? va qayerdan olingan
Shaffoflik (Lot raqamlari): Davlat xaridlari maxsus portali orqali qaysi lotlar asosida,ochiq,savdo,oʻtkazilgan?
"Ochiqlik va shaffoflik – jamiyat va davlat idoralari oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlaydigan bosh omildir. Davlat budjeti mablagʻlarining har bir soʻmi maqsadli sarflanishi jamoatchilik nazoratida boʻlishi lozim."
Tahririyat tuman hokimligidan qonunda belgilangan muddatda tegishli rasmiy javob va maʼlumotlar taqdim etilishini kutib qoladi. Rasmiy munosabat olinishi bilan natijalar haqida batafsil axborot beriladi.