Xorazmda ota o‘g‘lini otib o‘ldirdi
- 2025-02-26

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida 71 yoshli ota 51 yashar o‘g‘lini ov miltig‘i bilan otib o‘ldirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 19 fevral' kuni sodir bo‘lgan. Tumanning Yangiariq mahallasida yashovchi 1954 yilda tug‘ilgan shaxs, oilaviy kelishmovchilik sabab 1974 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini uyida saqlab kelayotgan ov quroli bilan qasddan otib o‘ldirgan. Shundan so‘ng kelini va nevarasiga ham o‘q uzib, og‘ir jarohat yetkazgan.
Ushbu jinoyat tergov-tezkor guruhi tomonidan fosh etilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirgi vaqtda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.