Xonqa tumanida tadbirkorning mulkini qoʼlga kiritgan firibgar aniqlandi
- 2022-04-12
Xonqa tumanida tadbirkorning mulkini qoʼlga kiritgan firibgar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonqa tumani boʼlimi tomonidan TIF “Milliy bank” АJ Xorazm viloyati filialining murojaatiga asosan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.D. “Z.J.” MChJ sobiq rahbari O.Z.ni aldab, uning javobgarligidagi 10,2 mlrd soʼmlik zamonaviy issiqxona kompleksi anjomlarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, nomaʼlum shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.