Aholi yashash sharoitini yaxshilash borasida oʻrganish ishlari olib borildi
- 2022-04-08
Aholi yashash sharoitini yaxshilash borasida oʻrganish ishlari olib borildi
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi D.Allakuliyev "Koʻhna qaʼla" mahallasida joylashgan koʻp kvartirali uylarning bugungi kundagi holatini koʻzdan kechirdi va uylarning tom qismidan chakki oʻtish holati mavjud uylarni birinchi navbatda taʼmirlash lozimligini takidladi.
Boshqarma boshligʻi mazkur mahallada joylashgan 42-uyni tom qismida boʻlib, birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ish turlarini puhta qilgan holda amalga oshirish lozimligini bildirdi.
Boshqarma boshligʻi ushbu ishlarga tegishli boʻlgan masʼullarga ishlarni tizimli ravishda tezroq hal etish va aholining turmush darajasini yaxshilash va ularga munosib sharoitlar yaratish yuzasidan koʻrsatmalar berib oʻtdi.