Energiya samarador qishloq uylari – O‘zbekiston jurnalistlarining diqqat markazida
- 2022-11-11
2022-yil 15-oktabr – “Medialarda iqlim o‘zgarishi, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, energiya samarador va kam uglerodli uylar qurish mavzusini gender nuqtai nazaridan qanday yoritish kerak” – jurnalistlar va blogerlar uchun ushbu mavzuga bag‘ishlangan hamda respublikaning barcha viloyatlari medialarini qamrab olgan treninglar O‘zbekistonning Qashqadaryo, Farg‘ona, Buxoro va Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tdi. Treninglar “O'zbekistonda energiya tejaydigan qishloq uy-joylari qurilishini rivojlantirishga ko'maklashish” loyihasi doirasida amalga oshirildi. Bu loyiha BMTning taraqqiyot dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi bilan birgalikda Global ekologik jamg'arma (GEF) ning grant ko'magi asosida amalga oshirilib, O'zbekiston qishloqlari aholisini atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan yaxshilangan va qulay yashash sharoitlari bilan yashashlarini ta'minlaydi.
Treninglarning asosiy maqsadi jurnalistlarni energiya samaradorligi masalalarini yanada kengroq yoritish va bu orqali energiyadan oqilona foydalangan holda jamiyatni shakllantirish uchun media vositalari mutaxassislarining kasbiy o'sishiga ko'maklashishdir.
BMTTD / GEF va qurilish vazirligi qo'shma loyihasi doirasida 2019- yilda O'zbekiston hududlarida energiya samarador namunaviy uylar qurilishi boshlandi. Bugungi kunga qadar energiya samarador va energiya tejaydigan uskunalarga ega 22 ta ko'p qavatli va 800 ta bir qavatli uylar barpo etildi. Bu uylar qurilishida qishda issiqlikni saqlash va yozda salqinlikni ta'minlash uchun eng so‘nggi issiqlik izolyatsion materiallardan foydalanilgan. Uylar, shuningdek, fotoelektr stantsiyalar va quyosh suv isitgichlari bilan jihozlangan. Ular elektr energiyasi iste'mol qilinishini 30% ga kamaytiradi.
Buday yechimlar rivojlangan mamlakatlar me’yorlariga nisbatan O‘zbekiston uy-joylariga xos bo'lgan ortiqcha energiya sarfining oldini oladi, tabiiy gazni yoqmasdan, atmosferaga karbonat angidrid gazi chiqindilari chiqishini kamaytiradi.
O‘zbekistonda energiya samarador uy-joy qurish tashabbuslarini keng jamoatchilikka yetkazish vaqti keldi. O'tkazilgan treninglarda turli xil professional darajadagi jurnalistlar ekologiya, energetika, ijtimoiy va gender masalalari bo'yicha mutaxassislar bilan uchrashish, munozaralar, amaliy mashg‘ulotlar va rolli o‘yinlar davomida olgan bilimlarini tushunish hamda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Media trenerlar va mutaxassislar, jurnalistlarni energiya samarador uy-joy materiallarini tayyorlash uchun zarur bo'lgan dalil va ma’lumotlar bilan ta’minlab, jurnalistik ish usullarini tanishtirdilar.
Ishtirokchilar jamiyatning tahdidlarga nisbatan umumiy barqarorligini ta'minlashda jurnalistika va energiya xavfsizligining zamonaviy usullari va xalqaro standartlari bilan tanishdilar. Trening doirasida ishtirokchilar va mahalliy energiya samaradorligi bo'yicha mutaxassislar bilan uchrashuvlar o'tkazildi. Suhbatlar davomida mintaqaviy amaliyotdan olingan aniq misollar asosida qishloq joylarida energiya samarador uy-joy texnologiyalarining afzalliklarini muhokama qildilar.
"Mashg‘ulot davomida energiya samarador uy-joy qurilishi tashabbuslarini matbuotda yoritish uchun zarur bo‘lgan intervyu, “storytelling” (vizuallashtirilgan hikoya) va faktcheking ko‘nikmalarini o‘rgandik. Bular men uchun yangi ko‘nikmalar", - deydi farg‘onalik jurnalist Bobur Karimov.
Trening ishtirokchilar analitik suhbatlar o‘tkazish san’atini o‘rgandilar, turli vaziyatlar va auditoriyada – davlat amaldorlari, energetika mutaxassislari, guvohlar, bo‘lg‘usi mulkdorlar va energiya samarador uy-joylardan foydalanuvchilar bilan energiya samarador uy-joy haqida suhbat qurishni o‘rgandilar.
Mashg‘ulotlar mahalliy energetika mutaxassislari va energiya samarador uy-joy ixlosmandlari tomonidan O‘zbekiston hududlarida qurilgan energiya samarador uylarga sayohatlar bilan yakunlandi.