Xiva shahrida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi

  •  2025-09-23
Xiva shahrida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi

Oʻzenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Xiva shahrida "Ch. Q." xususiy korxonasiga qarashli qurilish obyektida elektr qurilmalar o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 95 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
 
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.