BOGʼOTDА BIR KUNDА BEShTА OILА YaRАShTIRILDI

  •  2022-01-27
BOGʼOTDА BIR KUNDА BEShTА OILА YaRАShTIRILDI

BOGʼOTDА BIR KUNDА BEShTА OILА YaRАShTIRILDI

Farzandni kamolga yetkazish, toʼgʼri tarbiya berish, har tomonlama barkamol qilish har bir ota-onaning vazifasi va burchidir.
Аmmo jamiyatimizda bu vazifa va burchga bepisant va eʼtiborsiz boʼlgan ota-onalar ham uchrab turadi.
Maʼsuliyat va burchni yanada oshirish maqsadida Majburiy ijro byurosi Bogʼot tuman boʼlimi tomonidan ajrashgan oilalarni tiklash, voyaga yetmagan farzandlarning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamaytirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 
Jumladan, fuqarolik ishlari boʼyicha Bogʼot tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor S.Yu.dan undiruvchi S.Dnaning foydasiga, qarzdor Q.T.dan undiruvchi D.Mning foydasiga, qarzdor M.Yu.dan undiruvchi I.А.ning foydasiga, qarzdor Sh.I.dan undiruvchi R.R.ning foydasiga hamda qarzdor D.T.dan undiruvchi I.Dlarning foydasiga aliment undirish belgilangan. 
Boʼlim davlat ijrochilari tomonidan mazkur oilalarning butligini saqlab qolish maqsadida, taraflar bilan tushuntirish ishlari olib borib, mazkur oilalarning yarashtirilishiga erishildi.