Qoraqalpogʼistondagi ommaviy tartibsizliklar boʼyicha sud jarayonlari boshlanadi
- 2022-11-27
2022 yil 28 noyabrь kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyulь kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʼrib chiqish boʼyicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.
Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʼyicha sudlov hayʼati sudьyasi Ye. Аbibullaev raisligida birinchi instantsiya sudida koʼrib chiqiladi.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʼra sudlanuvchilar D. Tajimuratov, L. Kallыxanova, А. Turdanov, А. Smetullaev, D. Djiemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, А. Toqimbetov, Q. Seytimov, А. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayыpov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebaev, S. Kalilaev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, А. Temirxanov va А. Аdilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamogʼi” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qoʼllanilgan.Tashkil etiladi.
Sud jarayoni ochiq tarzda oʼtkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferentsaloqa vositasida toʼgʼridan-toʼgʼri kuzatishga moʼljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etiladi