Xorazmda ayrim firibgarlik jinoyatlari fosh qilindi.

  •  2023-04-15
Xorazmda ayrim firibgarlik jinoyatlari fosh qilindi.

▪️Yangiariq tumanida roʼyhatda turib, Urganch shahar, Mustaqillik mahallasida vaqtincha yashab turgan 1997 yilda tugʼulgan shahs, shu yilning 15 mart kuni Telegram ijtimoiy tarmogʼi orqali Buxoro viloyati, Peshko tumanida yashovchi 2005 yilda tugʼulgan qiz bilan tanishib unga Oriflame kompaniyasida ishlashni aytib ish taklif qilib, guruhiga azo qilib qoʼyishini vada qilib aldab oʼzining plastik kartasiga 750 ming soʼm pul mablagʼlarini oʼtkazib olib vada qilingan ishini bajarmasdan olgan pullarni qaytarib bermasdan firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

▪️Urganch shahrida yashovchi 1987 yilda tugʼulgan shahs, shu yilning 2 mart kuni oʼzini Xorazm viloyati hududiy gaz taʼminotida Urganch shahar boʼlimida ishlashini aytib fuqaroning yashash xonadoniga gaz hisoblagichini koʼrib unga 1 million 600 ming soʼm qarzi borligini, agar 500 ming soʼm pullarni bersa qarzini oʼchirtirib berishini aytib undan ushbu pullarni olgan paytida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

▪️Urganch tumani, Mevazor mahallasida yashovchi 1978 yilda tugʼulgan shahs, 2020 yilning sentyabr va oktyabr oylarida tanishiga shu qishloqda doʼkon qurmoqchi ekanligini, biznesiga pul kerakligini hamda biznesiga sherik qilishini aytib undan jami 5000$ olib hozirgi kunga qadar biznes qilmasdan va pullarni ham qaytarib bermasdan firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

▪️Xonqa tumani, Paxtagul mahallasida yashovchi 1990 yilda tugʼulgan shahs 2022 yilning 7 yanvar kuni fuqaroning ishonchiga kirib Urganch shahar Temir yoʼlchi mahallasida joylashgan koʼp qavatli turar joyning 4 qavatidan 2 xonali yashash uyini sotishini aytib undan 210 million soʼm pullarni olib xonadonni uni nomiga oʼtkazib bermasdan boshqa fuqaroga sotib yuborgan.

Yuqorida keltirilgan barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.